logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti vakillari maktab bitiruvchilari bilan «kasb tanlash yo‘lida muhim uchrashuv» ótkazdi

view 15

Toshkent davlat agrar universiteti Zooinjeneriya fakulteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri S.Xalmirzayeva boshchiligida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan 41-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf bitiruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur tadbirda bitiruvchilarga universitet hayoti, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ilmiy to‘garaklar va kurslar, ta’lim yo‘nalishlari hamda ta’lim shakllari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, o‘quv tajriba xo‘jaligi faoliyati va so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ham tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga yetarlicha javob oldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.