logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Yoshlar oqshomi” – ilhom va quvonchga boy kecha!

view 185

Toshkent davlat agrar universiteti Zooinjeneriya fakultetida tashkil etilgan “Yoshlar oqshomi” tadbiri talaba-yoshlar uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi. Tadbirda fakultet rahbariyati, tyutorlar va faol talabalar ishtirok etib, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda ijodiy salohiyatini namoyon etishiga keng imkoniyat yaratildi. Kecha davomida qiziqarli madaniy va ko‘ngilochar dasturlar, iqtidorli yoshlarni taqdirlash marosimi hamda samimiy va erkin muloqotlar barchaga yuqori kayfiyat ulashdi. Tadbir davomida hukm surgan do‘stona muhit, o‘zaro hurmat va hamjihatlik talaba-yoshlarning yanada jipslashuviga xizmat qildi.

“Yoshlar oqshomi” – bu nafaqat dam olish, balki yangi do‘stlar orttirish, ilhom olish va kelajak sari ishonch bilan qadam tashlash uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.