logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent traktor zavodida respublika o’quv-amaliy seminar boshlanmoqda

view 27

Bugun, Toshkent davlat agrar universiteti hamda "Toshkent traktor zavodi" MCHJ hamkorligida tashkil etilgan “Agromuhandislik sohasida dual ta’lim: hamkorlik va ilg‘or tajribalar almashinuvi” mavzusidagi respublika o‘quv-amaliy seminari o‘z ishini boshlamoqda.  Ayni daqiqalarda seminar ishtirokchilari kutib olinmoqda. Tadbir dasturiga ko‘ra, mehmonlar dastlab zavoddagi ilm markazi (muzey), asosiy yig‘uv va Claas uchastkalari bilan tanishishadi. 

Ushbu seminar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevral kuni bo’lib o’tgan yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvida "Dual ta’lim" tizimi bo’yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.