logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining fakultetlararo saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi

view 35

Toshkent davlat agrar universitetida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining fakultetlararo saralash bosqichi yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Mazkur tanlovda fakultet jamoalari o‘zlarining topqirligi, hazil-mutoyibaga boy chiqishlari va sahna madaniyati bilan faol ishtirok etib, tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashdi. Ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan chiqishlar nafaqat kulgu, balki dolzarb mavzularni yoritgani bilan ham ahamiyatli bo‘ldi. Tanlov davomida eng faol va iqtidorli jamoalar saralab olinib, ular orasidan alohida iste’dod egalari e’tirof etildi. “Quvnoqlar va zukkolar” nafaqat ko‘ngilochar loyiha bólib unda universitetning 6ta fakultetidan 6ta kuchli jamoa saralanib olindi. Barcha jamoalarga tanlovning universitet final bosqichida omad tilaymiz va ijodiy parvozlar tilab qolamiz!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.