logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU talabalarini Polshaning «Green Crops» kompaniyasida amaliyotga yuborish bo’yicha uchrashuv bo’lib o’tdi

view 40

Toshkent davlat agrar universiteti rektori Narzullo Oblomuradov
“Agricool” loyihasi doirasida Polsha Davlatining “Green Crops” kompaniyasiga haq to‘lanadigan navbatdagi shlab chiqarish amaliyotiga ketayotgan 28 nafar talabalar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Polsha davlatining “Green Crops” kompaniyasiga ishlab chiqarish amaliyotiga ketayotgan talabalarga, sabzavot ekinlarini ekologik toza va aqlli texnologiyalar asosida yetishtirish, xorijiy innovatsion tajribalarni o‘rganish, Polshaning Krakov qishloq xo‘jaligi universitetida nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, xorijiy tillarni (ingliz, rus va polsha) o‘zlashtirish va zamonaviy mehnat bozorining talablariga javob beradigan, yuqori malakali kadrlar bo‘lib yetishishga imkoniyatlari kengligi yuzasidan tushuntirish berdi. Ushbu dastur O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi akademik va madaniy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam bo‘lishi ta'kidlandi. Talabalarimizga ushbu mas’uliyatli va xayrli safarda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.