logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda xalqaro tajriba: Malayziyalik professor ishtirokida trening yakunlandi

view 57

Toshkent davlat agrar universitetida professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish va xalqaro metodikalarni o‘zlashtirish maqsadida tashkil etilgan navbatdagi trening o‘z yakuniga yetdi.
Uch hafta davomida Malayziyaning Sulton Idris ta’lim universiteti (UPSI) professori Shakirah binti Samsudin tomonidan “Oliy ta’limda o‘qitish va o‘rganish asoslari” mavzusida mahorat darslari o‘tkazildi. Malayziyalik ekspert oliy ta’limda talabalarni faollashtirish, dars jarayonini interaktiv shaklda tashkil etish va baholashning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Trening davomida nazariy bilimlar bevosita amaliy mashg‘ulotlar bilan mustahkamlab borildi. Kurs yakunida ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar o‘zlashtirilgan bilimlar asosida tayyorlagan taqdimotlarini namoyish etishdi.

Ushbu xalqaro hamkorlik universitetimiz o‘qituvchilari uchun global ta’lim muhitiga integratsiyalashish va agrar soha kadrlarini tayyorlashda eng ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkonini beradi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.