18-may kuni Oʻzbekiston Milliy investitsiya jamgʻarmasi — UzNIF oʻzining IPOʼsini London fond birjasida muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bu nafaqat mamlakatimiz moliya bozori, balki Yangi Oʻzbekistonning xalqaro investitsiya maydonidagi nufuzini namoyon etuvchi muhim tarixiy qadam sifatida e’tirof etilmoqda.
Ilk bor Oʻzbekiston kompaniyasining xalqaro IPO bozori orqali jahon investorlariga yuz tutishi mamlakatimiz iqtisodiyotining ochiqligi, investitsion jozibadorligi hamda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning amaliy natijasidir.
Mazkur tarixiy jarayon Toshkent davlat agrar universitetining Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakultetida professor-oʻqituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirokida katta qiziqish bilan kuzatildi.Tadbir davomida xalqaro moliya bozorlari, investitsiya muhiti, IPO jarayonlarining mazmun-mohiyati hamda ularning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


