Toshkent davlat agrar universiteti Mevachilik va uzumchilik kafedrasi mudiri I.Namozov hamda D.Janakova tashabbusi bilan Qozog‘iston milliy agrar ilmiy-tadqiqot universiteti professori F.Toktasinova tomonidan Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti talabalari uchun tajriba almashinuvi doirasida ma’ruza mashg‘uloti tashkil etildi. Mazkur ma’ruza davomida talabalar zamonaviy ilmiy yondashuvlar, sohadagi innovatsion tajribalar hamda xalqaro ilmiy hamkorlikning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Uchrashuv talabalarda katta qiziqish uyg‘otib, ularda unutilmas taassurot qoldirdi. Ushbu tadbir akademik mobillik dasturi doirasida Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy bilimlarni kengaytirish, tajriba almashish hamda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida amalga oshirildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


