Toshkent davlat agrar universiteti va Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli Yellov River Conservancy Technical University o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik aloqalari amaliy natijalar bilan izchil boyib bormoqda. Hamkorlik doirasida universitetimizning bir guruh olimlari “China AI + New Media Study Camp” dasturi bo‘yicha Xitoyda xizmat safarida bo‘lib, malaka oshirib qaytdi.
Jami 144 soatlik maxsus o‘quv-amaliy dastur davomida ishtirokchilar sun’iy intellekt texnologiyalari, raqamli boshqaruv tizimlari hamda yangi media vositalaridan agrar sohada foydalanish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganishdi. Mazkur jarayonda olingan bilim va amaliy ko‘nikmalar nafaqat olimlarning shaxsiy ilmiy tadqiqotlari, balki ikki universitet o‘rtasidagi kelajakdagi qo‘shma ilmiy loyihalar uchun ham muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu xalqaro tajriba almashinuvi mutaxassislarning zamonaviy agrotexnologiyalar va raqamli transformatsiya jarayonlaridagi salohiyatini yanada oshirish, ilg‘or xorijiy yondashuvlarni o‘rganish hamda ularni amaliyotga joriy etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Ijtimoiy tarmoqlar:







