Toshkent davlat agrar universitetida Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida o‘tkazilayotgan “Talaba Fest” festivali tantanali ravishda boshlandi.
Festivalning ochilish marosimi Toshkent davlat agrar universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Jasur Lapasov tomonidan ochib berildi. U o‘z nutqida talaba-yoshlarga muvaffaqiyat, faol ishtirok va unutilmas taassurotlar tilab, bunday tadbirlar yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Festival doirasida madaniy va ijodiy chiqishlar ham namoyish etildi. Jumladan, an’anaviy ijro, baxshichilik san’ati, estrada yo‘nalishi, xoreografik chiqishlar, shuningdek, milliy va zamonaviy raqslar talaba-yoshlar tomonidan katta mahorat bilan ijro etildi. Har bir chiqish festivalga o‘zgacha kayfiyat va rang-baranglik bag‘ishladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:








