Toshkent davlat agrar universiteti Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakultetining Meva-sabzavotchilik va uzumchilik ta’lim yo‘nalishi 24–50 va 24–51-guruh talabalari amaliyot rahbari Xomidjonov Abdumo‘min boshchiligida “Mevachilik va uzumchilik” fanidan o‘quv amaliyotini O‘quv-ilmiy tajriba xo‘jaligida olib bormoqdalar.
Amaliyot jarayonida talabalar mevali daraxtlarga shakl berishning zamonaviy usullari, ochiq va himoyalangan maydonlarda mevali o‘simliklarni yetishtirish istiqbollari, tok tuplarini shakllantirish hamda parvarishlashning ilg‘or texnologiyalari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, xomtok qilishning ahamiyati, uni amalga oshirish usullari va muddatlari, respublikamizda yetishtirilayotgan hamda yangi introduksiya qilingan meva va uzum navlarining biologik va xo‘jalik xususiyatlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egalladilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:





