logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlari bo’lib o’tmoqda

view 31

Toshkent davlat agrar universiteti Agroiqtisodiyot kafedrasida 2025-2026-o‘quv yili bitiruvchilari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari boshlandi. Mazkur jarayon davomida bakalavriat va magistratura bosqichi bitiruvchilari o‘zlarining ko‘p yillik bilimlari, ilmiy salohiyati va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etmoqdalar.

Joriy yilda kafedra bo‘yicha 2 nafar magistrantning magistrlik dissertatsiyasi hamda 33 nafar bakalavr bitiruvchisining bitiruv malakaviy ishlari himoyaga taqdim etilgan. Tadqiqot ishlari agrar iqtisodiyotning eng dolzarb yo‘nalishlarini qamrab olib, qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni joriy etish, agroturizmni rivojlantirish, sug‘urta mexanizmlarini takomillashtirish, kooperatsiya faoliyatini samarali tashkil etish, biznes jarayonlarini raqamlashtirish hamda agrobiznes samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan.

Magistratura bosqichida esa paxta klasterlari faoliyatini takomillashtirish va qishloq xo‘jaligida raqamli transformatsiya jarayonlarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar himoya qilinmoqda. Xususan, Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi Wang Kunfeng tomonidan O‘zbekistondagi paxta klasterlari faoliyatini tahlil qilish va ularni takomillashtirishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot taqdim etildi.

Himoyalar sohaning yetakchi olimlari, mutaxassislari va ish beruvchi tashkilotlar vakillari ishtirokida ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazilmoqda. Bu esa bitiruvchilarning ilmiy ishlari va amaliy takliflarini xolis baholash, ularning kasbiy tayyorgarligini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.