logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

BITIRUV MALAKAVIY ISHLARI HIMOYALARI YUQORI SAVIYADA DAVOM ETMOQDA

view 30

Toshkent davlat agrar universiteti Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasining Axborot tizimlari va texnologiyalari (qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalar) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalari hamda “Buxgalteriya hisobi va audit” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 22-97 va 22-99i guruh talabalari tomonidan bitiruv malakaviy ishlar himoyasi yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

Himoya jarayonlari Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda Auditorlar palatasida o‘tkazilmoqda. Jarayon davomida talabalar tomonidan qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, ma’lumotlarni tahlil qilish va samarali boshqarish, shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalarini amaliyotga joriy etishga qaratilgan innovatsion dasturiy ishlanmalar taqdim etildi.

Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi a’zolariga taqdim etilgan loyihalar ilmiy-amaliy ahamiyati, dolzarbligi hamda amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari nuqtai nazaridan ijobiy qabul qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.