logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Yangi yulduzlar” jamoasi viloyat bosqichida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi

view 72

Yoshlar oyligi doirasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Toshkent viloyati Kengashi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi hamkorligida “Quvnoqlar va Zukkolar” ko‘rik-tanlovining Toshkent viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovning viloyat final bosqichida Toshkent viloyatidagi 18 ta oliy ta’lim muassasasi orasidan saralangan 6 ta eng kuchli jamoa o‘zaro bellashdi. Uchta shart asosida tashkil etilgan tanlovda ishtirokchilar o‘zlarining topqirligi, sahna madaniyati, ijodkorligi va hazil-mutoyibaga boy chiqishlari bilan tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Toshkent davlat agrar universitetining “Yangi yulduzlar” jamoasi ham tanlovda munosib ishtirok etib, sahnadagi yorqin chiqishlari, zukkoligi, dolzarb mavzularni o‘ziga xos talqinda yoritgani hamda yuqori saviyadagi ijrosi bilan hakamlar hay’ati va tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

🏆 Tanlov yakunlariga ko‘ra, “Yangi yulduzlar” jamoasi faxrli 2-o‘rinni egallab, 4 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek, jamoa sardori To‘laganov Xusniddin “Eng quvnoq yigit” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.

TDAUning “Yangi yulduzlar” jamoasini ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi tanlovlarda ularga yanada yuksak marralar hamda yangi g‘alabalar tilaymiz!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.