Toshkent davlat agrar universiteti O‘rmonchilik va landshaft dizayn kafedrasi professor-o‘qituvchilari Qozog‘iston Respublikasining Olmata shahrida joylashgan Qozog‘iston milliy agrar ilmiy-tadqiqot universiteti (KazNARU)da tashkil etilgan International Summer School 2026 xalqaro dasturida ishtirok etmoqda.
Mazkur nufuzli xalqaro yozgi maktab agrar ta’lim, o‘rmonchilik va landshaft dizayni yo‘nalishlarida ilg‘or tajribalarni almashish, zamonaviy ilmiy yondashuvlar hamda innovatsion metodlarni o‘rganish imkonini bermoqda.
Dastur doirasida ishtirokchilar xalqaro miqyosdagi mutaxassislar bilan ilmiy muloqot olib borish, amaliy mashg‘ulotlarda qatnashish hamda soha bo‘yicha eng so‘nggi tadqiqot natijalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:





