Toshkent davlat agrar universitetida 2025-2026-o‘quv yili bitiruvchi kurs talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlariga start berildi. Joriy yilda universitetning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 44 ta ta’lim yo‘nalishidan 913 nafar, sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha esa 1527 nafar talaba yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etmoqda.
Attestatsiya sinovlari maxsus (majburiy) fanlar bo‘yicha test shaklida o‘tkazilib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida onlayn videokuzatuv orqali nazorat qilinmoqda. Bu esa jarayonlarning ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida tashkil etilishini ta’minlamoqda.
Universitet rahbariyati tomonidan bitiruvchilarning bilim va ko‘nikmalarini adolatli baholash, ularga qulay sharoit yaratish hamda attestatsiya jarayonlarini belgilangan talablar asosida tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:










