Bugun Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori o‘rinbosari Sardor Rahimboyev, universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Sayfulla Boboyev, professor-o‘qituvchilari va faol talaba-yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuv davlatimiz rahbari tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan hamda yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazildi.
✅Muloqot davomida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek saylash va saylanish huquqi haqida atroflicha fikr yuritilib, talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:









