logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“PROMEAT” kompaniyasida dual ta’lim samarasi: bitiruv malakaviy ishlari ishlab chiqarishda himoya qilindi

view 13

Toshkent davlat agrar universiteti Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti talabalari dual ta’lim tizimi asosida nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirgan holda muvaffaqiyatli ta’lim jarayonini yakunlamoqda.

Jumladan, “PROMEAT” kompaniyasida Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi hamda Oziq-ovqat texnologiyasi ta’lim yo‘nalishlari talabalari ishlab chiqarish jarayonlarida faol ishtirok etib, korxona imkoniyatlaridan samarali foydalandilar.

Bitiruvchilar o‘z bitiruv malakaviy ishlarini bevosita ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog‘lagan holda tayyorlab, himoya jarayonini ham korxona bazasida tashkil etdilar. Himoya davomida talabalar nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirganliklari, go‘sht va kolbasa mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyalarini puxta o‘zlashtirganliklari hamda kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lganliklarini namoyish etdilar. Komissiya a’zolari tomonidan talabalar ikki yillik amaliyot davomida orttirgan tajribasi, kasbiy tayyorgarligi hamda innovatsion yondashuvlari yuqori baholandi. Shuningdek, dual ta’limda ishtirok etgan bitiruvchilarning korxona tomonidan ish bilan ta’minlanishi ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini yanada oshirishi ta’kidlandi.

Mazkur hamkorlik Toshkent davlat agrar universitetida dual ta’lim tizimini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish hamda malakali mutaxassislar tayyorlash yo‘lidagi muhim amaliy natijalardan biri hisoblanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.