logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Meva-sabzavotchilik va uzumchilik yo‘nalishida dual ta’limga start berildi

view 29

Toshkent davlat agrar universitetida ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada mustahkamlash maqsadida "Agrar sohada dual ta’lim, ishlab chiqarish va ilm-fan integratsiyasi" mavzusida Respublika o‘quv-amaliy dala seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda ilgari surilgan tashabbuslar hamda 2026-yil 11-apreldagi PQ–135-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi.
Tadbir davomida Toshkent davlat agrar universiteti hamda "Yashil zamin va Baxor gullari" MChJ o‘rtasida Meva-sabzavotchilik va uzumchilik ta’lim yo‘nalishida dual ta’limni tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolandi. Endilikda mazkur yo‘nalish talabalari nazariy bilimlarini bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotda o‘zlashtirish hamda real mehnat muhitida tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Mazkur memorandum ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yangi bosqichga olib chiqish, agrar soha ehtiyojlariga mos, zamonaviy bilim va amaliy tajribaga ega yuqori malakali kadrlarni tayyorlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.