logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

YANGI O‘ZBEKISTONDA PILLACHILIK SOHASINI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISHDA MALAKALI KADRLARNI O‘RNI VA TARMOQ OZUQA BAZASINI MUSTAHKAMLASH ISTIQBOLLARI

view 170

Toshkent davlat agrar universiteti Zooinjeneriya fakulteti Ipakchilik va tutchilik kafedrasi professori CH.I.Bekkamov
 
Dunyoning yirik rivojlangan davlatlarida tabiiy mahsulot va undan tayyorlangan matolarga bo‘lgan talabning yildan-yilga ortib borishi qishloq xo‘jaligida, qolaversa dunyo bozori va sanoat korxonalari talablariga javob beradigan sifatli tabiiy xomashyo etishtirishni  taqozo etmoqda.Bu esa  o‘z navbatida  ipakchilik sohasida tut ipak qurtidan olinadigan tabiiy mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojni yuqori darajada oshishiga va iqtisodiy samaradorlikni ko‘tarilishiga olib keladi.Bu kabi masalalar bo‘yicha pillachilik  tarmog‘ida ilm-fan va sanoati rivojlangan Xitoy Xalq Respublikasi, Hindiston, O‘zbekiston, Yaponiya, V’etnam, Janubiy Koreya, Braziliya, Bolgariya, Misr va Madagaskar kabi davlatlar tomonidan  pillachilik sohasini yanada jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
 Vaholanki, mazkur davlatlarda tut ipak qurtining lichinkasi, g‘umbagi, kapalagi hamda pillasidan oziq-ovqat, parfyumeriya, dori-darmon hamda tabiiy ipak matolari kabi xalq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bugungi kunning dolzarb masala qilib belgilab berilgan bo‘lib, pespublikamizda ham pilla xomashyosini etishtirish bo‘yicha Xitoy Xalq Respublikasi va Hindistondan keyin uchinchi o‘rinni egallashi va  respublikamiz qishloq xo‘jaligining eksport salohiyati yuqori soha bo‘lishi bilan birgalikda, qishloq aholisini ish bilan ta’minlash hamda aholini daromad manbasini oshirishda muhim ahamiyatga egadir.
Bu borada, mamlakatimizda mustaqillik yillaridan boshlab, yangi O‘zbekistonda ipakchilik sohasini yanada chuqur isloh qilish va sanoat asosida kompleks rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan katta e’tibor qaratililib, innovatsion g‘oyalar, ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga keng joriy etish va  tarmoqda malakali kadrlar izchilligini ta’minlash bo‘yicha 2018-yil 12-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3472 sonli qarori qabul qilinib, ushbu qarorda ipakchilik sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, hamda hududlarda mavjud ozuqa beruvchi tutzorlarni hududiy “Agropilla” MChJlari hisobiga o‘tkazib berish bilan birgalikda, pillachilik sohasiga ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish orqali tarmoqning oliy ma’lumotli qadrlarga bo‘lgan ehtiyojini viloyatlar kesimida o‘rganib chiqish hamda tizimli ravishda oliy ma’lumotli qadrlar tayyorlash va mavjudlarini malakasini oshirish bo‘yicha bir qator muhim vazifalar belgilab berilgan.
 
Ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi “Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-135-sonli qarorida  agrar soha uchun yuqori malakali va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, agrar ta’lim tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish,  o‘quv jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni oshirish, shuningdek, agrar sohani barqaror rivojlantirish, ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishn integratsiya qilish orqali   hozirgi zamon talablariga javob beradigan yosh kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyatga ega bo‘lib,  yetakchi olimlarimiz tomonidan yaratilgan yangi zot va duragaylar, yangi tut navlari va duragaylari, yangi texnika va texnologiyalar, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab, oliy ta’lim muassasalarida ipakchilik yunalishida sirtqi bo‘limlarni ochilishi va 2025-2026 o‘quv yilidan kechki va masofaviy ta’lim yo‘nalishlarini ochilishi hamda ilg‘or ishlab chiqarish korxonalarida dual ta’limni tashkil etish orqali sohani malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash ko‘zda tutilgan. 
Bu o‘z navbatida Toshkent davlat agrar universiteti rahbari va kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan raqobatbardosh etuk-malakali zamon talabiga mos bo‘lgan kadrlar tayyorlash uchun e’tiborga molik bo‘lgan bo‘lgan asosiy o‘quv
tizimiga doir samarali ishlar tashkil etilib,  Ipakchilik va tutchilik ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimini uch yillik ta’lim dasturlari asosida mukammal Davlat ta’lim standarti, malaka talablari, o‘quv rejalar, o‘quv fan dasturlari, HEMIS platforma tizimini faoliyati, loyiha ofislarni tashkil qilish, iqtidorli talalbalar tomonidan innovatsion g‘oyalar va startap loyihalarni bajarilishini optimallashtirish, yangi modul asosida o‘quv-uslubiy ta’minot, uslubiy ko‘rsatma, uslubiy qo‘llanma, o‘quv qo‘llanma va yangi avlod darsliklarini yaratishda universitet kafedralar kesimida baholanganda, universitetda  namunali holatdagi o‘quv jarayoniga bog‘liq bo‘lgan ijobiy ishlar bajarib kelinmoqda.
Shu bilan bir qatorda, pillachilik sohasi rivojlangan xorijiy mamlakatlar Xitoy, Yaponiya, Hindiston, V’etnam, Janubiy Koreya va Italiya kabi davlatlarni ilg‘or tajribalari o‘rganilib, o‘quv jarayoniga tadbiq etilmoqda va qo‘shma ta’lim dasturi asosida talabalarni ta’lim olishi, amaliyotlarga jo‘natilishi va professor-o‘qituvchilarni stajirovkaga yuborilishi ijobiy natijalarimiz hisoblanadi. 
Eng muhimi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyundagi PQ-273-son «Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-maydagi PF-72-sonli «Pilla yetishtirish va Ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmonlari hamda tarmoqqa aloqador
boshqa normativ huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish va sohaning jozibadorligini oshirishda  zamonaviy  texnologiyalarini qo‘llash, resurs-
 
tejamkor agrotexnologiyalardan unumli foydalanish, innovatsion g‘oyalar, ilmiy ishlanmalar va ilm-fan yutuqlarini keng joriy etish orqali pillachilik tarmog‘i ozuqa bazasini mustahkamlash hisobidan pilla hosildorligini ko‘paytirish va eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha bir qator amaliy ishlar bajarilmoqda. 
Shuningdek, qarorlarda pillachilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosini ta’minlash va ularni bosqichma-bosqich bajarilishini nazorat qilish masalasi ko‘zda tutilgan:
pillachilik tashkilotlari tomonidan aholiga tutzorlarni yangilash uchun ekiladigan tut ko‘chatlari va pilla etishtirish mavsumlari uchun ipak qurti urug‘ini bepul tarqatish;
• aholi tomonidan etishtirilgan pilla hosilini sotishdan tashqari maxsus ozuqa beruvchi tutzorlar orasiga qo‘shimcha mavsumiy qishloq xo‘jaligi  ekinlarin ekish orqali olinadigan daromadlarni ularning o‘zlarida qoldirish;
• aholiga mahsus ozuqa beruvchi tutzorning but saqlanishi, tut bargi hosildorligini oshirish, to‘yimli ozuqabop barg etishtirishga va foydalanish tartibiga e’tibor qaratish hamda qurt boqish agrotexnikasi  davomida etishtirilgan pilla hajmi bo‘yicha talabni qo‘yilishi natijasida sohani istiqbolli rivojlanishiga xizmat ko‘rsatish;
•ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarni bandligini ta’minlash, lider ayollarni sohaga jalb qilish va kasanchilik faoliyatini kuchaytirish orqali tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish;
• agrar sohada yoshlarning yangi g‘oya va innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari yoshlari uchun startap ekotizimini shakllantirish;
• Toshkent davlat agrar universiteti talabalarini agrar sohada amaliy bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassis sifatida tayyorlashda 2026-2027 o‘quv yilidan boshlab “kelajak fermerlari” tashabbusini joriy etish.
 
Buning isboti sifatida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi “Xotin-qizlarning pillachilik sohasidagi bandligini bosqichma-bosqich ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 46-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi va Oila va xotin-qizlar qo'mitasi, Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti hamkorligida respublikamizni viloyatlar kesimida ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlar va lider ayollarni sohaga jalb qilish ishlari tizimli ravishda bajarib kelinmoqda.
 
 
 
Xulosa o‘rnida alohida ta’kidlash o‘tish joizki, bugungi kunda respublikamizda pillachilik sohasini  kompleks rivojlantirishda olib borilayotgan davlat siyosati yaqin kelajakda o‘zining ijobiy natijalarini berib, pillachilik tarmog‘ida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, sohani jadal rivojlantirishda etuk malakali kadrlarni tayyorlashning optimal tizimini yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarishda klaster tizimini takomillashtirish va maxsus ozuqa beruvchi tutzorlarni kengaytirish, tutchilikda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini qo‘llash, zamonaviy aqlli  agrotexnologiyalardan foydalanish, innovatsion g‘oyalar, ilmiy ishlanmalar va ilm-fan yutuqlarini keng joriy etish asnosida mamlakatimizda sifatli raqobatbardosh pilla xom-ashyosini etishtirish va tayyor o‘zbek brendi ipak mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish orqali dunyo hamjamiyatida nufuzli o‘rinlarni egallashda va pillachilik sohasini jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.
 
                      FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
 
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-yanvardagi «Respublikada ipakchilik sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi PQ-3472-son qarori, Toshkent- 2018 y.  
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi «Respublikada pillachilik tarmog‘idagi mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi PQ-3910-son qarori, Toshkent-2018 y. 
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-dekabrdagi «Respublikada pillachilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi PQ-4047-son qarori, Toshkent- 2018y. 
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31- iyuldagi «Pillachilik tarmog‘ida chuqur qayta ishlashni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi PQ-4411-son qarori, Toshkent-2019 y.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-yanvardagi                    « Pillachilik tarmog‘ida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish bo‘yicha     chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi PQ-4567-son qarori, Toshkent-2020 y. 
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyundagi PQ-273-son «Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori
 7.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi “Pillachilik sohasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-410-sonli qarori, Toshkent-2024y.
 
 
 
 
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-maydagi PF-72-sonli «Pilla yetishtirish va Ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmoni
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi “Xotin-qizlarning pillachilik sohasidagi bandligini bosqichma-bosqich ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 46-sonli qarori
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi “Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-135-sonli qarori
11. Bekkamov CH.I., U.T.Daniyarov, N.O.Rajabov, N.K.Abdikayumova “Ipakchilik va Tutchilik”, Toshkent-” Cho‘lpon” nashriyoti 2018y. Darslik.
12. Bekkamov CH.I. “Mutaxassislikka kirish” Toshkent-“Xalq nashriyoti” 2024y. Darslik.
13. Bekkamov CH.I. “Ipakchilik asoslari” Toshkent, “Ideal-Press” 2025y. O‘quv qo‘llanma.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.