logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU olimlari Turkiyada innovatsion qo‘shma loyiha doirasida ilmiy-amaliy ishlarni boshladi

view 66

Toshkent davlat agrar universiteti olimlari O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan IL-9825035717-sonli innovatsion qo‘shma loyiha doirasida Turkiya Respublikasida ilmiy-amaliy faoliyatni boshladilar.
“Turkiya va O‘zbekistondagi ba’zi muhim Origanum L. turlarining hosildorligi va sifatini aniqlash hamda bozor afzalliklarini o‘rganish” mavzusidagi loyiha doirasida universitet olimlari Turkiyaning Atatürk Bahçe Kültürleri Merkez Araştırma Enstitüsü (Yalova) ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lib, tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq ilmiy izlanishlarni boshladilar.
Olimlar institutning zamonaviy laboratoriyalari, tajriba maydonlari hamda dorivor va ziravor o‘simliklari, xususan Origanum L. turlarini yetishtirish, seleksiya ishlari, agrotexnologiyalarni takomillashtirish va mahsulot sifatini baholash bo‘yicha olib borilayotgan ilg‘or ilmiy tadqiqotlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, loyiha ishtirokchilari o‘rtasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, dala tajribalarini tashkil etish, namunalar almashinuvi, laboratoriya tahlillarini olib borish hamda olingan ilmiy natijalarni xalqaro ilmiy jurnallarda e’lon qilish va tijoratlashtirish istiqbollari yuzasidan samarali muzokaralar o‘tkazildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.