O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyuldagi PQ–216-son "Agrar sohada ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga ko'ra, Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi Akademik litsey bitiruvchilarini universitet bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha 4-avgust kuni soat 09:00 da, universitetning "Renessans" ma'ruzalar zalida yakka tartibdagi suhbat bo‘lib o‘tadi. Suhbat davomida bitiruvchilar belgilangan bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga qabul qilish bo‘yicha nizom talablari asosida baholanadi. Suhbat quyidagi ta'lim yo‘nalishlari bo'yicha o'tkaziladi:
Iqtisodiyot;
Buxgalteriya hisobi;
Biznesni boshqarish;
Logistika;
Biologiya;
Axborot tizimlari va texnologiyalar;
Sun’iy intellekt;
Biotexnologiya;
Elektr muhandisligi;
Oziq-ovqat texnologiyasi;
O‘simliklar himoyasi va karantin;
Yer kadastri va yer tuzish;
Veterinariya meditsinasi.
Suhbat ishtirokchilari belgilangan vaqtdan oldin yetib kelishlari hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan ishtirok etishlari so‘raladi.
Barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaymiz!
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
☎️ +998 71 260 41 69
☎️ +998 71 260 46 80
Ijtimoiy tarmoqlar:
