logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Turkiyada magistratura o‘qishni xohlaysizmi? TDAU–ISUBÜ qo‘shma magistratura dasturlariga qabul boshlandi

view 10

Toshkent davlat agrar universiteti hamda Turkiyaning Isparta Amaliy Fanlar Universiteti (ISUBÜ) hamkorligida tashkil etilgan xalqaro qo‘shma magistratura dasturlariga qabul boshlandi.

ISUBÜ (Isparta University of Applied Sciences) – Turkiyaning amaliy fanlar yo‘nalishida yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, oziq-ovqat texnologiyalari, muhandislik va tabiiy fanlar yo‘nalishlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlaydi.

Mazkur qo‘shma magistratura dasturlari orqali talabalar ikki universitet professor-o‘qituvchilaridan saboq olish, xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etish, xorijiy akademik muhit tajribasini o‘zlashtirish hamda global mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

📌 Muhim sanalar:

🎓 Suhbatlar (O‘zbekiston vaqti bo‘yicha):
🗓 10-avgust | 12:00–14:30 – Zooinjeneriya
🗓 10-avgust | 16:00–18:00 – Mevachilik
🗓 11-avgust | 12:00–14:30 – O‘simliklarni himoya qilish
🗓 11-avgust | 16:00–18:00 – O‘simlikshunoslik

📂 Suhbat natijalariga ko‘ra ijobiy baholangan nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish muddati:
📅 2026-yil 11–31-avgust hamda 1–2-sentyabr

📍 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 97 835 83 00

🌍 Xalqaro darajadagi ta’lim, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar, xorijiy professorlardan saboq olish va Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda magistratura bosqichida tahsil olish imkoniyatidan foydalaning!

Kelajagingizni xalqaro ta’lim bilan birga quring!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.