logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU talabalar turar joylariga ariza topshirish davom etmoqda

view 99

Toshkent davlat agrar universitetining Talabalar turar joylariga joylashish uchun arizalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali qabul qilish jarayoni davom etmoqda.

📊 Bugungi kunga qadar jami 1 386 ta ariza kelib tushgan. Shundan:
🔹 2-kurs talabalari — 444 ta;
🔹 3–4-kurs talabalari — 942 ta.
📌 2-, 3- va 4-kurs talabalari tomonidan topshirilgan arizalarni ko‘rib chiqish va TTJga joylashtirishning birinchi mavsumi tez orada amalga oshiriladi.

ℹ️ Amaldagi tartibga ko‘ra, Talabalar turar joylaridagi mavjud o‘rinlar kurslar kesimida quyidagi ulushlarda ajratiladi:


🎓 1-kurslar uchun — 55–65 foizgacha;
🎓 2-kurslar uchun — 15–20 foizgacha;
🎓 3–4-kurslar uchun — 20–25 foizgacha.


🏡 TTJdan joy olishga ulgurmay qolgan yuqori kurs talabalari uchun ham qulay imkoniyat! Ijara xonadonini topishda qiynalyapsizmi? TDAU sizga yordam beradi. Yangi o‘quv yilida universitet yaqinida joylashgan ijara xonadonlari va hostellarning aniq manzilli ro‘yxati shakllantirildi.

Ro'yxat haqida batafsil - https://t.me/tdau_registrator_ofisi/535

Ro‘yxatdagi ijara xonadonlari va hostellar haqida batafsil ma’lumot olish uchun fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlarga murojaat qilishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.