logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Ataqulov To'xtamurod Umarovich

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor

Ataqulov To‘xtamurod Umarovich 1973-yil 21-iyunda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 1990–1995-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida tahsil olgan.

Mehnat faoliyatini 1995-yilda O‘rta Osiyo irrigatsiya ilmiy-tadqiqot instituti (SANII RI)da kichik ilmiy xodim va aspirant lavozimlarida boshlagan. 1999–2004-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida assistent bo‘lib ishlagan.

2004–2005-yillarda Niderlandiya Geoinformatsiya va yerni kuzatish xalqaro institutida magistraturada tahsil olgan. 2006–2007-yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasining Navoiy viloyati inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

2008–2013-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasini boshqarish departamentida bosh mutaxassis lavozimida ishlagan. 2013–2016-yillarda “O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi Hisob-kitob-kredit operatsiyalari bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, keyinchalik bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2016–2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan. 2017–2018-yillarda Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari axborot-tahlil departamentida yetakchi mutaxassis lavozimida faoliyat yuritgan.

2018–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Hududlarni rivojlantirishga innovatsiyalarni joriy qilish va tadqiq etish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, keyinchalik boshqarma boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2021–2022-yillarda Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2022–2023-yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining hududiy filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

2023–2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjet va soliq tadqiqotlari instituti direktorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

2024-yil 14-martdan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Ilm-fan, innovatsiyalar va ta’limni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

2026-yildan hozirgi vaqtga qadar Toshkent davlat agrar universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib bormoqda.

  • Ta'lim

    • 1995
      Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti
    • 2005
      Niderlandiya Geoinformatsiya va yerlarni kuzatish xalqaro instituti
    • 2011
      O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
    • 2016
      Germaniya Humboldt universiteti
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.