logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Madaniyat saroyi

Jo'rayev Islom Jo'rayevich

Jo'rayev Islom Jo'rayevich

Madaniyat saroyi mudiri

Madaniyat saroyi Toshkent davlat agrar universiteti talaba-yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy-ma’rifiy, estetik va axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Madaniyat saroyi Universitet rektorining 2025-yil 3-apreldagi 1-9-6/60-sonli buyrug‘iga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, Universitetning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Madaniyat saroyi Universitet bosh binosining 2-qavatida joylashgan. Saroy zamonaviy moddiy-texnik bazaga ega bo‘lib, asosiy zali 18 qator va 455 ta o‘rindiqdan iborat. Shuningdek, zal zamonaviy LED ekran, professional audio tizim, ovoz kuchaytirish moslamalari hamda tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish uchun zarur texnik vositalar bilan jihozlangan.
Madaniyat saroyida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, bayram va tantanali marosimlar, konsertlar, ijodiy uchrashuvlar, konferensiyalar, forumlar, ko‘rgazmalar, spektakllar, badiiy filmlar namoyishi hamda boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi.

Asosiy maqsadi

Madaniyat saroyining asosiy maqsadi — talaba-yoshlarning ma’naviy va madaniy saviyasini oshirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda universitetda sog‘lom ma’naviy-ma’rifiy muhitni shakllantirishdan iborat.

Asosiy vazifalari

Madaniyat saroyining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• Talaba-yoshlarning milliy va jahon madaniyati, san’ati hamda ma’naviy merosga bo‘lgan qiziqishini oshirish;
• Yoshlarni Vatanga, xalqiga va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;
• Talabalarning san’at, musiqa, teatr, adabiyot, raqs va boshqa ijodiy yo‘nalishlardagi qobiliyatlarini rivojlantirish;
• “Besh muhim tashabbus” doirasida turli ijodiy loyihalar va tadbirlarni amalga oshirish;
• Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni madaniy-ma’rifiy tadbirlarga keng jalb qilish;
• Iqtidorli va iste’dodli yoshlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish;
• Universitet fakultetlari, kafedralari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda konferensiyalar, forumlar, anjumanlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
• Universitetda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, talaba-yoshlarning estetik didi, madaniy saviyasi va ijodiy faolligini oshirish;
• Talaba-yoshlarning ijodiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularning madaniy tadbirlardagi faol ishtirokini ta’minlash;
• Universitetning ma’naviy-ma’rifiy va madaniy hayotini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish.

Faoliyat yo‘nalishlari

Madaniyat saroyi faoliyati doirasida talaba-yoshlarning ijodiy va madaniy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan turli tadbirlar tashkil etiladi.
Jumladan, konsert dasturlari, ijodiy uchrashuvlar, teatr tomoshalari, ko‘rgazmalar, tanlovlar, festivallar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kino namoyishlari, konferensiyalar, forumlar, seminarlar va boshqa madaniy tadbirlar o‘tkaziladi.
Shuningdek, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va universitetning madaniy hayotiga faol jalb etish bo‘yicha tizimli ishlar olib boriladi.
Madaniyat saroyi Universitetning ma’naviy-ma’rifiy va madaniy hayotini rivojlantirish, talaba-yoshlarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qiluvchi muhim maskan hisoblanadi.

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.