logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda talabalar o‘rtasida ommaviy sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda

view 3

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat agrar universitetida I bosqich talaba-yoshlari o‘rtasida ommaviy sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqalar sportning mini-futbol, stol tennisi va voleybol turlari bo‘yicha tashkil etilmoqda.
Mini-futbol bahslari O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlangan amaldagi musobaqa qoidalari asosida o‘tkazilmoqda. Har bir jamoa tarkibida 8 nafar ishtirokchi — 5 nafar asosiy va 3 nafar zaxira o‘yinchisi, shuningdek, murabbiy hamda jamoa rahbari ishtirok etmoqda. Stol tennisi musobaqalari O‘zbekiston Stol tennisi federatsiyasining amaldagi qoidalari asosida tashkil etilib, jamoalar tarkibida 2 nafar o‘g‘il va 2 nafar qiz talaba qatnashmoqda.
Voleybol bahslari esa O‘zbekiston Voleybol federatsiyasining amaldagi qoidalari asosida, olimpiya tizimida o‘tkazilmoqda. Musobaqalarda o‘g‘il-qiz talabalardan tarkib topgan jamoalar o‘zaro bellashmoqda.our Heading

Ayni paytda sport maydonlarida murosasiz va qizg‘in bahslar davom etmoqda. Talabalar o‘z jamoalarining munosib natija qayd etishi uchun bor kuch va mahoratlarini namoyon etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.