logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda 2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul boshlandi

view 12

Toshkent davlat agrar universitetida 2027-yil I chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning barcha shakllari — mustaqil izlanuvchilik, stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD) va doktoranturaga (DSc) qabul boshlandi.

📅 Hujjatlar 15-sentabrdan 15-oktabrgacha qabul qilinadi.

🔬 2027-yil uchun TDAUga ajratilgan qabul kvotalari
Tayanch doktorantura (PhD) — 65 ta o‘rin
Doktorantura (DSc) — 8 ta o‘rin
📚 Ilmiy ixtisosliklar bo‘yicha PhD kvotalari:
03.00.10 — Ekologiya — 3 ta
03.00.13 — Tuproqshunoslik — 3 ta
03.00.15 — Ixtiologiya — 2 ta
06.01.01 — Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik — 2 ta
06.01.02 — Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik — 2 ta
06.01.05 — Seleksiya va urug‘chilik — 6 ta
06.01.06 — Sabzavotchilik — 4 ta
06.01.07 — Mevachilik va uzumchilik — 5 ta
06.01.08 — O‘simlikshunoslik — 4 ta
06.01.09 — O‘simliklarni himoya qilish — 8 ta
06.01.11 — Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash — 5 ta
06.02.01 — Qishloq xo‘jalik hayvonlarini urchitish, ko‘paytirish seleksiyasi va genetikasi. Qorako‘lchilik — 2 ta
06.02.03 — Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi — 2 ta
06.02.04 — Ipakchilik — 1 ta
06.02.05 — Baliqchilik — 2 ta
06.03.01 — O‘rmon ekinlari... — 4 ta
06.03.03 — Dorivor o‘simliklar introduksiyasi, yetishtirish texnologiyasi va agrofarmoekologiyasi — 4 ta
08.00.08 — Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit — 1 ta
08.00.13 — Menejment — 3 ta
08.00.04 — Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti — 2 ta

💰 Doktorantlar stipendiyasi
2026-yil 1-sentabrdan stipendiyalar 7 foizga oshirilgan:
🔹 Stajyor-tadqiqotchi — 6 473 600 so‘m
🔹 Tayanch doktorant (PhD) — 7 312 720 so‘m
🔹 Doktorant (DSc) — 9 343 200 so‘m

Shuningdek, 2027-yildan ustuvor ilmiy ixtisosliklarga yangi qabul qilinadigan 1-kurs doktorantlari uchun bazaviy stipendiyaning 1,7 baravari miqdorida stipendiya to‘lanishi ko‘zda tutilgan.
Bunda:
🎓 Tayanch doktorantura (PhD):
— ustuvor bo‘lmagan ixtisoslik — 7 312 720 so‘m
— ustuvor ixtisoslik — 12 431 624 so‘m
🎓 Doktorantura (DSc):
— ustuvor bo‘lmagan ixtisoslik — 9 343 200 so‘m
— ustuvor ixtisoslik — 15 883 440 so‘m
❗️Mazkur 1,7 baravar miqdoridagi stipendiya 2027-yilda ustuvor ilmiy ixtisosliklarga yangi qabul qilingan 1-kurs doktorantlariga tatbiq etiladi. Stajyor-tadqiqotchilar hamda avvalgi yillarda qabul qilingan 2–3-kurs doktorantlariga ushbu oshirilgan miqdor tatbiq etilmaydi.

📝 Hujjat topshirish
Arizalar daraja.ilmiy.uz yoki my.gov.uz elektron tizimlari orqali topshiriladi.

📅 Qabul muddati: 15-sentabr — 15-oktabr

📞 Murojaat uchun:
Toshkent davlat agrar universiteti Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar departamenti
+998 71 260 39 73

📢 Ilmiy izlanishlaringizni yangi bosqichga olib chiqish va akademik faoliyatingizni TDAUda davom ettirish uchun ushbu imkoniyatdan foydalaning!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.