logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU professor-o‘qituvchilari va talabalari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganmoqda

view 0

Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari Toshkent viloyatida ijtimoiy soha, energetika va muhim infratuzilma obyektlarining 2026/2027-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish jarayonlarida ishtirok etmoqda. Talabalar Qibray, Toshkent va Zangiota tumanlaridagi energetika sohasi, ijtimoiy soha hamda muhim infratuzilma obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganishmoqda.

Jarayon davomida obyektlarning mavsumga tayyorgarligi, mavjud muhandislik-kommunikatsiya tizimlarining holati, energetik barqarorlikni ta’minlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratilmoqda. Mazkur jarayonlarga talabalarning jalb etilishi esa ta’lim va amaliyot integratsiyasining muhim namunasi bo‘lmoqda. Xususan, talabalar dual ta’lim va bitiruvoldi amaliyoti doirasida professor-o‘qituvchilar bilan birgalikda obyektlardagi real jarayonlarni kuzatib, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan boyitmoqda.

Bunday amaliy yondashuv bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ishlab chiqarish muhitida mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish va mehnat bozorining amaliy talablariga mos kadrlar tayyorlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.