logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

view 2

Toshkent davlat agrar universitetida “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlashda zamonaviy texnologiyalar va sifat nazorati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanda mahalliy va xorijiy olimlar, professor-o‘qituvchilar, soha mutaxassislari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda talabalar ishtirok etib, agrar sohada zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va mahsulotlar sifatini nazorat qilish masalalarini muhokama qildilar.

Anjumanni Toshkent davlat agrar universiteti rektori Narzullo Oblomuradov ochib berdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Oziq-ovqat uyushmasi hamda boshqa tashkilotlar vakillari tabrik so‘zlari bilan chiqish qildilar.

🔬 Anjuman doirasida quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy ma’ruzalar va muhokamalar tashkil etildi:
- Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlash — zamonaviy texnologiyalar, oziq-ovqat xavfsizligi va xalqaro standartlar;
- Yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish — agrar logistika, huquqiy asoslar va agroturizmni rivojlantirish;
- Selektsiya, urug‘chilik va o‘simliklarni himoya qilish — tuproq unumdorligini oshirish hamda biotexnologik yutuqlardan foydalanish;
- Meva-sabzavotchilik — innovatsion texnologiyalar va xalqaro standartlar asosida eksportbop mahsulotlar tayyorlash.eading

Tadbirda Xitoy, Gruziya va Rossiyadan ishtirok etgan olimlar hamda soha vakillari o‘z ilmiy tajribalari va ilg‘or yondashuvlari bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, oziq-ovqat sanoati, standartlashtirish, sanitariya-epidemiologiya va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Anjumanda talabalarning ham ishtirok etgani ilmiy bilimlarni amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirish, yoshlarning ilmiy izlanishlarga qiziqishini oshirish va bo‘lajak agrar soha mutaxassislarining kasbiy salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.eading

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.