logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda Xitoy tili markazi tashkil etiladi

view 8

Toshkent davlat agrar universiteti rektori Narzullo Oblomuradov Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon qishloq xo‘jaligi universitetidan jalb etilgan ekspertlar Zhang Chunmei va Yang Wenge bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim, ilm-fan, ilmiy tadqiqotlar va akademik almashinuv yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, TDAUda xitoy tili kurslarini tashkil etish, talabalar uchun o‘quv dasturlari va metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, xalqaro grantlarda ishtirok etish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, universitet huzurida Agrar ta’lim hamkorligi va Xitoy tili markazini tashkil etish hamda uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Xitoy tili bo‘yicha xalqaro sertifikatlash imtihonlarini tashkil etish, talabalarni Xitoyning ta’lim va stipendiya dasturlariga jalb qilish, ilmiy stajirovkalarni yo‘lga qo‘yish hamda ikki universitet o‘rtasida ta’lim va ilmiy resurslar almashinuvini kuchaytirish yuzasidan hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.