Toshkent davlat agrar universitetida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining yosh tadqiqotchilari va doktorantlari o‘rtasida “Agroinnovatsiya va yoshlar” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.
14–16-oktabr kunlariga mo‘ljallangan mazkur tanlov yosh olimlarning ilmiy salohiyatini namoyon etish, qishloq xo‘jaligi sohasidagi innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy izlanishlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish hamda iqtidorli yosh tadqiqotchilarni rag‘batlantirishga qaratilgan. Tanlov doirasida ishtirokchilar dastlab universitetning bosh binosida tanishtiruv sharti bo‘yicha o‘zlarini namoyon etadi. Shuningdek, ikkinchi bosqichda yosh tadqiqotchilarning startap loyihalari taqdimoti o‘tkaziladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



