Bugun Toshkent davlat agrar universiteti rektori, professor Narzullo Oblomuradov hamda QS (Quacquarelli Symonds) xalqaro reyting agentligining Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa bo‘yicha mintaqaviy direktori Sergey Xristolyubov ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda universitetda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari, ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati, innovatsion infratuzilma hamda xalqaro reytinglarda universitet mavqeini mustahkamlashga qaratilgan islohotlar haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, universitetning “Renessans” majmuasi, Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash va Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakultetining zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriyalari, sport infratuzilmasi hamda yangi o‘quv binosida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Uchrashuvda Toshkent davlat agrar universitetida olib borilayotgan keng ko‘lamli institutsional transformatsiya jarayonlari, ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, universitetning QS World University Rankings xalqaro reytingiga kirish bo‘yicha 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan maqsadli dasturi, uni amalga oshirishda beshta yo‘nalish bo‘yicha ishchi guruhlar faoliyatini tashkil etish, akademik nufuzni oshirish, Scopus bazasidagi ilmiy nashrlar va iqtiboslar ko‘rsatkichlarini yaxshilash hamda xalqaro aloqalarni jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv yakunida QS xalqaro reyting agentligi bilan kelgusida tizimli hamkorlikni rivojlantirish, kelgusida universitetning xalqaro akademik nufuzini oshirish va QS reytinglarida munosib o‘rin egallashiga qaratilgan ustuvor vazifalar bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



