logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda yoshlar uchun agroblogerlik va zamonaviy kommunikatsiyalar bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi

view 28

Toshkent davlat agrar universiteti O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakultetida qishloq xo‘jaligiga qiziquvchi, o‘z g‘oya va tashabbuslarini keng jamoatchilikka yetkazishni maqsad qilgan yoshlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda “VESAGRO” platformasi orqali Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekistonda agrobiznesni qo‘llab-quvvatlash, PR va reklama yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi bloger O‘rmonali Usmonov mehmon sifatida ishtirok etdi. Muloqot davomida agroblogerlikni rivojlantirish, ijtimoiy tarmoqlar uchun sifatli kontent yaratish, reklama vositalari orqali auditoriyani jalb qilish hamda zamonaviy kommunikatsiyalar yordamida agrar sohadagi yangilik va tashabbuslarni keng targ‘ib etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, talabalarning yangi g‘oyalari, istiqbolli loyihalari va raqamli media vositalari orqali qishloq xo‘jaligi rivojiga hissa qo‘shish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.