Toshkent davlat agrar universitetida talabalar, magistrantlar va yosh tadqiqotchilar uchun xorijiy universitetlarda tahsil olish hamda xalqaro grant va stipendiya dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va Yevropa Ittifoqi davlatlarining nufuzli oliy ta’lim muassasalarida magistratura va PhD bosqichlarida tahsil olish, ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda xalqaro akademik mobillik dasturlarida qatnashish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari, Yevropa Ittifoqining xalqaro ta’lim va ilmiy grantlari, Xitoy, Janubiy Koreya hamda Yaponiya hukumatlari tomonidan taqdim etiladigan ta’lim grantlari, ularga qo‘yiladigan talablar va hujjat topshirish tartiblari tushuntirildi. Seminarda xorijiy ta’lim grantlarini qo‘lga kiritgan stipendiatlar ham ishtirok etib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Ular universitet tanlash, motivatsion xat tayyorlash, xorijiy til sertifikatlarini olish, suhbat bosqichlariga tayyorgarlik ko‘rish va grant tanlovlarida muvaffaqiyat qozonish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:
Shuningdek o'qing
No posts






