Toshkent davlat agrar universiteti Dorivor o‘simliklar kafedrasi jamoasi tomonidan talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi yoshlar uchun kuz-qish mavsumida uchraydigan shamollash kasalliklarining oldini olish hamda dorivor o‘simliklardan oqilona foydalanishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
➡️Tadbirda M. Amanova, F. Mardonov va G. Sultonovalar ishtirok etib, talabalarga dorivor o‘simliklardan fitochoylar tayyorlash, ularni to‘g‘ri damlash va qo‘llash usullari haqida ma’lumot berdilar. Shuningdek, dorivor o‘simliklarning foydali xususiyatlari, mavsumiy kasalliklar profilaktikasidagi o‘rni hamda tabiiy vositalardan foydalanishda e’tibor berish lozim bo‘lgan jihatlar tushuntirildi.
✅Eslatma: Dorivor o‘simliklar shamollash kasalliklarini davolashning o‘rnini to‘liq bosa olmaydi. Ulardan foydalanishda shifokor tavsiyalariga amal qilish muhim.eading
Ijtimoiy tarmoqlar:



