logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU vakillari Butunjahon standartlar kuniga bag‘ishlangan ilmiy ko‘rgazma va yarmarkada ishtirok etdi

view 20

14-oktabr — Butunjahon standartlar kuni munosabati bilan mahsulotlar sifatini oshirish, xalqaro standartlarni joriy etish hamda ilm-fan va amaliyot integratsiyasini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy ko‘rgazma va yarmarka tashkil etildi. Mazkur tadbirda Toshkent davlat agrar universiteti Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatlash” kafedrasi katta oʻqtuvchisi D. Xakimov hamda assistent N. Xatbullayev faol ishtirok etdi. Ko‘rgazma va yarmarka davomida standartlashtirish va sertifikatlash sohasidagi yangiliklar, ilmiy yutuqlar hamda amaliy ishlanmalar namoyish etildi. Shuningdek, mutaxassislar o‘zaro tajriba almashib, agrar sohada mahsulot sifati va xavfsizligini ta’minlash masalalarini muhokama qildilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.