Toşkent davlat agrar universiteti xalqaro hamkorlik, transformatsiya va strategik rivojlaniş böyiça prorektori Abduvasikov Abduaziz Abdulazizoviç xalqaro ilmiy hamkorlikda tayyorlangan, ösimliklar genetikasi va molekulyar biologiyasiga oid ilmiy maqola hammualliflaridan biri böldi.
Maqolada maniok (Manihot esculenta) ösimligidagi XTH genlar oilasining genom miqyosidagi tahlili, genlar ekspressiyasi hamda ularning abiotik stresslarga javob berişdagi roli örganilgan.
Tadqiqot natijalari ösimliklarning noqulay taşqi muhit şaroitlariga çidamliligini oşiriş, şuningdek, molekulyar seleksiya yönalişidagi ilmiy izlanişlarni rivojlantiriş uçun muhim nazariy asos bölib xizmat qiladi.
Maqola haqida:
Maqola nomi: Genome-Wide Identification and Expression Analysis of the Xyloglucan Endotransglucosylase/Hydrolase Gene Family in Manihot esculenta
Jurnal: Genes (MDPI)
Naşr yili: 2026
Jild va son: 17-jild, 6-son
📊 Jurnalning Scopus körsatkiçlari:
CiteScore (2025) — 5,9;
Genetics — Q2 (67-percentil);
Genetics (clinical) — Q2 (70-percentil).
🔗 Maqolani öqiş: https://doi.org/10.3390/genes17060613
Universitet vakillarining nufuzli xalqaro ilmiy naşrlarda maqolalari çop etilişi TDAUning ilmiy salohiyatini oşiriş, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytiriş va agrar sohadagi zamonaviy tadqiqotlarni rivojlantirişga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:
