logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU Özbekiston–Germaniya agrar iqtisodiy forumiga mezbonlik qildi

view 5

Toşkent davlat agrar universitetida Germaniya Federal oziq-ovqat, qişloq xöjaligi va hududiy öziga xoslik vazirligi (BMLEH) parlament davlat kotibi, vazir örinbosari Martina Englhardt-Kopf boşçiligidagi delegatsiya iştirokida Özbekiston–Germaniya agrar iqtisodiy forumi bölib ötdi. Tadbirda Özbekiston qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Jamşid Abduzuxurov, TDAU rektori Narzullo Oblomurodov, ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari hamda agrar soha mutaxassislari qatnaşdi. Forum doirasida ikki mamlakatning qişloq xöjaligi sohasidagi tajribasi, mavjud imkoniyatlari va istiqboldagi hamkorlik yönalişlari yuzasidan fikr almaşildi.

Xususan, iqlim özgarişiga moslaşiş, suv va tuproq resurslaridan samarali foydalaniş, barqaror qişloq xöjaligini rivojlantiriş hamda raqamli dehqonçilik texnologiyalarini joriy etiş masalalariga e’tibor qaratildi. Şuningdek, çorvaçilikni modernizatsiya qiliş, sut işlab çiqariş samaradorligini oşiriş, ozuqa sifatini yaxşilaş va hayvonlarni raqamli identifikatsiya qiliş tizimlarini takomillaştiriş masalalari muhokama qilindi. Uçraşuvda agrar ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş, qöşma ilmiy tadqiqotlarni yölga qöyiş, professor-öqituvçilar va yoş olimlar almaşinuvini rivojlantiriş, zamonaviy agrotexnologiyalar hamda innovatsion yeçimlarni amaliyotga tatbiq etiş istiqbollari ham ilgari surildi. Tomonlar, şuningdek, sifatli uruğlik materiallari yetiştiriş, kartoşkaning soğlom mini-tuganaklarini köpaytiriş, agrar mahsulotlarning içki va xalqaro bozorlarga çiqiş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda sohani moliyalaştiriş mexanizmlarini takomillaştiriş yuzasidan takliflar bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.