Toşkent davlat agrar universitetida Yaponiyaning JICA taşkiloti bilan hamkorlikda talabalar uçun yapon tili kurslari taşkil etilgan. Kurslarda talabalar yapon tilini noldan örganiş, JLPT xalqaro imtihoniga tayyorgarlik köriş, Yaponiya madaniyati va ta’lim tizimi bilan yaqindan tanişiş imkoniyatiga ega. Şuningdek, til örganiş uçun maxsus adabiyotlar va öquv qöllanmalaridan foydalanişlari mumkin.
Quvonarlisi, bugungi kunga qadar 3 nafar talaba JLPT N5 darajasidagi xalqaro sertifikatni qölga kiritdi. Yapon tilini örganiş talabalarga kelgusida Yaponiyada amaliyot ötaş, magistraturada tahsil oliş, işlaş hamda xalqaro ta’lim dasturlarida iştirok etiş uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Kurslarga yoziliş va batafsil ma’lumot oliş uçun: +998507706733
Manzil: Universitet Xalqaro aloqalar departamenti
Ijtimoiy tarmoqlar:




