logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda Vayenştefan universiteti bitiruvçilari bilan xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

view 12

Toşkent davlat agrar universitetida “Weihenstephan Alumni Study Tour 2026” dasturi doirasida Özbekistonga taşrif buyurgan xalqaro delegatsiya vakillari hamda universitet rektori Narzullo Oblomuradov örtasida uçraşuv bölib ötdi. Delegatsiya tarkibidan Vayenştefan universiteti bitiruvçilari uyuşmasi vakillari, agrar soha mutaxassislari, qişloq xöjaligi tadbirkorlari hamda Bavariya qişloq xöjaligi sohasidagi amaliy tayyorgarlik dasturi bitiruvçilari örin oldi.

➡️Uçraşuvda agrar ta’lim va ilm-fan sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytiriş, ilmiy tadqiqotlarni amaliyot bilan uyğunlaştiriş hamda özaro tajriba almaşiş masalalari muhokama qilindi. Xususan, Gumboldt va Vayenştefan universitetlari bilan hamkorlikda ilmiy izlanişlar olib boriş, tadqiqotçilar örtasidagi aloqalarni rivojlantiriş, qöşma ilmiy maqolalar tayyorlaş va ularni xalqaro naşrlarda çop etiş imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

➡️Taşrif doirasida delegatsiya a’zolari universitet faoliyati, ta’lim jarayoni, ilmiy tadqiqot yönalişlari hamda talabalar uçun yaratilgan şaroitlar bilan yaqindan tanişdilar. Mehmonlarga agrar soha uçun malakali kadrlar tayyorlaş, nazariy bilimlarni amaliy könikmalar bilan mustahkamlaş va ta’lim jarayonini işlab çiqariş bilan uyğunlaştiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida ma’lumot berildi.


✅Şuningdek, delegatsiya vakillari talabalar amaliyotini taşkil etiş, kasbiy könikmalarni rivojlantiriş va egallangan bilimlarni qişloq xöjaligi amaliyotida qöllaş imkoniyatlariga qiziqiş bildirdilar. Uşbu yönalişda agrar ta’limda amaliy tayyorgarlikning örni va xalqaro tajribalar yuzasidan özaro fikr almaşildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.