Toşkent davlat agrar universitetida baliqçilik xöjaliklari vakillari, soha mutaxassislari hamda ta’lim muassasalari vakillari iştirokida baliqçilik tarmoğini rivojlantiriş, işlab çiqariş jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş va davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalaniş masalalariga bağişlangan respublika seminari bölib ötdi.
➡️Seminarni Baliqçilikni rivojlantiriş markazi direktori O. Musayev oçib berdi. Tadbir davomida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyuldagi “Baliqçilik tarmoğini rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PF-122-son Farmonining mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalar, baliqçilik xöjaliklari uçun nazarda tutilgan imtiyozlar, subsidiyalar va kompensatsiyalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
✅Şuningdek, mazkur imkoniyatlardan samarali foydalaniş, tadbirkorlik subyektlarini qöllab-quvvatlaş va baliqçilik tarmoğida işlab çiqariş samaradorligini oşiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi. Seminarda baliqçilik havzalarini aerator moslamalari bilan jihozlaş orqali işlab çiqariş jarayonlarini intensivlaştiriş masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Iştirokçilarga suvni kislorod bilan ta’minlaşda aeratorlarning ahamiyati, zamonaviy uskunalardan foydalaniş imkoniyatlari hamda ularni baliqçilik xöjaliklari faoliyatiga joriy etiş böyiça taqdimot namoyiş qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


