Toşkent davlat agrar universiteti rektori Narzullo Oblomuradov hamda Kanadaning Guelph universiteti Prezidenti maslahatçisi, professor Şayan Şarif boşçiligidagi delegatsiya iştirokida uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuv davomida ikki universitet örtasida ilmiy va akademik hamkorlikni rivojlantiriş, veterinariya immunologiyasi, qişloq xöjaligi va hayot fanlari yönalişlarida qöşma ilmiy taşabbuslarni amalga oşiriş, xalqaro tajriba almaşiş masalalari muhokama qilindi.Taşrif doirasida universitetning Zooinjeneriya fakulteti talabalari uçun professor Şayan Şarif iştirokida ilmiy-amaliy mahorat darsi taşkil etildi. Maşğulot davomida qişloq xöjaligi, veterinariya tibbiyoti va hayot fanlari sohalaridagi zamonaviy ilmiy yondaşuvlar, parranda grippi viruslari tarqalişining oldini oliş, vaksinalar orqali kasallik xavfini kamaytiriş hamda sun’iy intellekt yordamida kasalliklarni prognozlaş va nazorat qiliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Şuningdek, Guelph universitetining xalqaro ilmiy salohiyati, innovatsion faoliyati, xalqaro ta’lim dasturlari hamda xorijda tahsil oliş imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Interaktiv tarzda taşkil etilgan mahorat darsi talabalar uçun mazmunli va qiziqarli ötdi. Ular professor bilan muloqot davomida özlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar va xalqaro tajriba bilan yaqindan tanişdilar. Ma’lumot uchun: Kanadaning Guelph universiteti 2026-yilgi QS World University Rankings by Subject xalqaro reytingida veterinariya fanlari yo‘nalishi bo‘yicha dunyoda 4-o‘rinni, Kanadada esa 1-o‘rinni egallagan. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoda 14-o‘rin, Kanadada esa 1-o‘rinni (University of British Columbia bilan birgalikda) qayd etgan.
Ijtimoiy tarmoqlar:







