logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Agro Eko” klubda ekobloger bilan oçiq muloqot bölib ötdi

view 3

Toşkent davlat agrar universiteti “Agro Eko” klubida Instagram ijtimoiy tarmoğida “Urik guli” nomi bilan ekologik faoliyat yuritib kelayotgan ekobloger Mötabar Xuşvaqtova hamda talabalar uçraşuvi taşkil etildi. Oçiq muloqot va savol-javob tarzida ötgan uçraşuv davomida ekologik muammolar, atrof-muhitni muhofaza qiliş, tabiatga mas’uliyatli munosabat hamda yoşlar örtasida ekologik madaniyatni şakllantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Şuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali ekologik tarğibotni kuçaytiriş, foydali taşabbuslarni keng ommaga yetkaziş borasida fikr almaşildi. Talabalar özlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, ekobloger bilan samimiy muloqot qildilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.