Toşkent davlat agrar universitetida “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida “Barqaror örmonçilik” (International Conference on Sustainable Forestry – 2026) mavzusida VI xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bölib ötdi.
➡️ Anjumanning oçilişida TDAU rektori, professor Narzullo Oblomuradov hamda Örmon va yaşil hududlarni köpaytiriş, çöllanişga qarşi kuraşiş agentligi bölim boşligi Zafar Eşonqulov sözga çiqib, örmonçilik sohasini rivojlantiriş, ekologik barqarorlikni ta’minlaş va xalqaro hamkorlikni kengaytiriş masalalariga töxtalib ötdilar. Şuningdek, tadbirda Özbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengaşi ijroiya qömitasi raisi örinbosari Baxriddin Xofizov iştirok etib, sohaning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr bildirdi.
🌍 Xalqaro anjumanda Özbekiston, Bolgariya, Xitoy va Qozoğistondan yetakçi olimlar, tadqiqotçilar va soha mutaxassislari, jumladan, TDAU professorlari Abdixalil Qayimov va Bobqul Töxtayev, Bolgariyaning Sofiya şahridagi Örmonçilik universiteti professori Aleksandar Nikolov Taşev, Xitoyning Şandun an’anaviy xitoy tabobati akademiyasi direktor örinbosari, PhD Ning Cui hamda Qozoğistonning Torayğirov universiteti vakillari Kumisjan Seytxanova va Aygerim Orazbekova (onlayn) iştirok etdilar.
✅Xususan, professor Aleksandar Nikolov Taşev Bolgariya dendroflorasining tabiatni muhofaza qilişdagi ahamiyati, PhD Ning Cui esa dorivor ösimliklarni yetiştirişda biotexnologiya va sun’iy intellekt imkoniyatlari haqida ilmiy ma’ruza qildi. Qozoğistonlik mutaxassislar ösimliklar fitokimyosi va qirğoqböyi daraxtzorlarining ekologik roliga oid tadqiqotlarini taqdim etdilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:
Shuningdek o'qing
No posts



