Toşkent davlat agrar universiteti Agronomiya va agrotexnologiyalar kafedrasi professori Nematulla Khudaybergenov hammuallifligida tayyorlangan ilmiy maqola nufuzli xalqaro Frontiers in Sustainable Food Systems jurnalida chop etildi.
Maqola nomi:
Sustainable intensification of fine-staple cotton (G. barbadense L.) production in saline-prone soils through integrated agronomic management
Tadqiqotda Surxondaryo viloyatining sho‘rlanishga moyil o‘tloqi-taqir tuproqlarida ingichka tolali g‘o‘zani yetishtirish samaradorligini oshirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va tuproq holatini yaxshilashga qaratilgan agrotexnik tadbirlar o‘rganilgan.
Ikki yillik dala tajribalari natijasida SP-1607 navi intensiv sug‘orish tartibi va 90 sm qo‘sh qatorli ekish usulida yetishtirilganda 4,82 t/ga urug‘lik paxta hosili olingan. Suvdan foydalanish samaradorligi nazorat variantiga nisbatan 25,2 foizga oshgan.
Jurnal: Frontiers in Sustainable Food Systems, 2026.
Scopus ma’lumotlari:
CiteScore 2026 — 6,0.
Horticulture — Q1 (89-percentil).
Ecology — Q1 (82-percentil).
Agronomy and Crop Science — Q1 (80-percentil).
Food Science — Q2 (72-percentil).
DOI: https://doi.org/10.3389/fsufs.2026.1818891
Ijtimoiy tarmoqlar:
