Toşkent davlat agrar universitetida talabalarning bilim salohiyati, ijodiy qobiliyati, taşabbuskorligi va ijtimoiy faolligini aniqlaşga qaratilgan “Yil talabasi – 2026” tanlovining universitet bosqiçi bölib ötdi. Tanlovda universitetning turli fakultetlarida tahsil olayotgan 70 nafardan ortiq talaba quyidagi 8 ta nominatsiya böyiça öz bilim va salohiyatini namoyon etdi:
“Yilning öz mutaxassisligi böyiça eng bilimdon talabasi”;
“Yilning eng faol tarğibotçi talabasi”;
“Yilning eng faol ixtiroçi-innovator talabasi”;
“Yilning eng faol sportçi talabasi”;
“Yilning eng faol iqtidorli talabasi”;
“Yilning eng faol ijodkor talabasi”;
“Yilning eng faol tadbirkor talabasi”;
“Yilning eng faol tadbirkor talabasi” (xotin-qizlar uçun).
Tanlov jarayonida iştirokçilarning akademik körsatkiçlari, ilmiy va ijodiy işlari, erişgan yutuqlari, jamoat işlaridagi faolligi hamda taşabbuslari belgilangan mezonlar asosida baholandi. Ayni paytda tanlov natijalari kutilmoqda. Har bir nominatsiya böyiça ğoliblar aniqlanib, birinçi örin sohiblari respublika bosqiçida iştirok etiş uçun tavsiya etiladi.
Ğolib va sovrindorlarni munosib taqdirlaş hamda ularning kelgusidagi faoliyatini qöllab-quvvatlaş közda tutilgan.
Ijtimoiy tarmoqlar:









