2026-yil 21-oktabr kuni O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Toshkent
davlat agrar universiteti Axborot-resurs markazida ARM xodimlari hamda
Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakultetining Biologiya yo‘nalishi talabalari
ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni Axborot-resurs markazi direktori Jahongir Pulatovich ochib berib,
ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi hamda ona tilimizning milliy
qadriyatlarimiz va ma’naviy hayotimizdagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.
Tadbir davomida Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Yuldoshev Olim
Madaminovich O‘zbek tili bayramining tarixi, uning davlat tili sifatidagi maqomi
hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi bilan bog‘liq muhim tarixiy voqealar
haqida ma’lumot berdi.
Bayram dasturi talabalar tomonidan ijro etilgan she’rlar va raqslar bilan
davom etdi. Ijodiy chiqishlar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishlab, ishtirokchilarda ona
tilimizga bo‘lgan mehr va hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Mazkur tadbir ona tilimizning milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va bebaho
boyligimiz sifatidagi ahamiyatini keng targ‘ib etish, uni asrab-avaylash va
rivojlantirish, shuningdek, talaba-yoshlarda ona tiliga hurmat tuyg‘usini
shakllantirishga xizmat qildi.
Til – millat ruhi va milliy o‘zligimiz timsoli
15 Noyabr 2026
