logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida «Kundalik hayotda sun’iy intellekt» mavzusida amaliy ma’ruza bo‘lib o‘tdi

view 6

2026-yil 30-oktabr kuni Toshkent davlat agrar universiteti Axborot-resurs
markazida talabalar uchun «Kundalik hayotda sun’iy intellekt» mavzusida amaliy
ma’ruza tashkil etildi.
Tadbirda Zenth or Labs kompaniyasi asoschilaridan biri va texnik direktori
(CTO) Oleksii Tsekhotskyi hamda ARM direktori J. Temirxo‘jayev ishtirok etdilar.
Shuningdek, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsentlari R. Tursunov, O.
Yo‘ldashev, Sh. Kimsanbayeva, F. Mamadalieva hamda universitet talabalari faol
qatnashdilar.
Amaliy ma’ruza davomida sun’iy intellektning kundalik hayot va ta’limdagi
o‘rni, undan samarali foydalanish imkoniyatlari, zamonaviy raqamli texnologiyalar
hamda ularning qishloq xo‘jaligi sohasidagi amaliy ahamiyati haqida batafsil
ma’lumot berildi.
Jumladan, qishloq xo‘jaligida sun’iy yo‘ldosh monitoringi, tuproq holatini
tahlil qilish, hosildorlikni prognozlash, o‘simliklar salomatligini baholash va
AgroVision kabi raqamli platformalardan foydalanish imkoniyatlari yoritildi.
Tadbir yakunida universitet va Zenth or Labs kompaniyasi o‘rtasida
kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, sun’iy intellekt
texnologiyalarini ta’lim jarayoniga keng joriy etish, talabalar va professor
o‘qituvchilar uchun amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish hamda innovatsion
loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashildi.
Mazkur uchrashuv zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha bilim va
ko‘nikmalarni oshirish, ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini
rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.