logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitet rektori Axborot-resurs markazi faoliyati bilan tanishdi

view 6

Toshkent davlat agrar universiteti rektori Oblomuradov N.N. universitet
Axborot-resurs markaziga tashrif buyurib, markaz faoliyati, xodimlarning
kundalik ish jarayoni hamda foydalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan
yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida rektor ARM fondiga yangi kelib tushgan adabiyotlar,
ularning mazmuni va ahamiyati bilan tanishdi. Shuningdek, xodimlarning mehnat
faoliyati, ish sharoitlari va mavjud imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratdi.
Uchrashuv yakunida Axborot-resurs markazi faoliyatini yanada
takomillashtirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda xodimlar uchun munosib mehnat
sharoitlarini yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Bunday tashrif va muloqotlar ARM faoliyatini rivojlantirish, uning moddiy
texnik bazasini mustahkamlash hamda universitet axborot-kutubxona xizmatlari
sifatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.